QarDU talabalari g‘oliblar safida! 

22-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Talabalar ligasi” bellashuvlarining stol tennisi boʻyicha viloyat bosqichi musobaqasi oʻtkazildi.

Quvonarlisi, yigitlar oʻrtasidagi bahslarda Qarshi davlat universiteti Xalqaro qo‘shma ta''lim dasturlari fakulteti 2-bosqich talabasi Qurbonnazar Tohirov birinchi oʻrinni egallagan bo‘lsa, Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Zokir Salimov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.