Harbiylikka qiziqadigan yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

23-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Harbiy bo‘lish ko‘pchilik yigitlarning orzusi. Ammo, qaysi oliygohga hujjat topshirish, imtihonlar tartibi to‘g‘risida hamma ham bilavermaydi. Bugun universitetda o‘tkazilgan tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga 2024/2025 o‘quv yili uchun nomzodlarni saralab olish to‘g‘risida so‘z bordi. Xususan, harbiy institutdagi mavjud mutaxassisliklar, imtihonlar tartibi haqida ma’lumot berildi. 

Nomzodlar oliy ta’lim muassasasining 3-bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lishi, kursantlar uchun to‘liq budjet asosida ikki yillik tahsil hamda bitiruvchilarga “leytenant” harbiy unvoni taqdim etilib, qurolli kuchlar tizimiga xizmatga yuborilishi qayd etildi. Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. O‘qish istagini bildirgan nomzodlar saralandi. Tadbirga Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi podpolkovniklari Sh.Matjonov, A.Tangirov va H.Salomov taklif qilindi.