Hech kim mehr va e''tibordan chetda emas! 

24-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Bugun, 23-fevral kuni Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi U.O‘ngboyeva hamda fakultetning 1-bosqich talabalari Qarshi shahridagi 17-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan davlat ta’lim muassasasiga bordilar. 

"Hech kim mehr va e''tibordan chetda emas" shiori ostida tashkil etilgan yo‘qlov davomida maktab o‘quvchilari uchun psixologik treninglar o‘tkazish bilan bir qatorda kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishlari ham o‘rganildi. Tadbir yakunida talabalar maktab o‘quvchilariga sovg‘alar ulashishdi.