Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari

24-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Bugun, 23-fevral kuni Tarix fakultetida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda erta turmushning salbiy oqibatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, har bir ota-ona o‘z farzandining baxtli bo‘lishini istashini, ammo qizimni tezroq turmushga bersam, xotirjam bo‘lardim, degan noto‘g‘ri qarash bilan qaysidir ma’noda o‘z halovatini o‘ylaydigan, farzandining o‘qishni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha ishlashiga to‘sqinlik qiladigan ota-onalar ham yo‘q emasligi ta’kidlandi.

Qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand ko‘rish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi borasida fikr-mulohazalar tinglandi.

Tadbirda Tarix fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi A.Shaymanova, Falsafa va sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi A.To‘rayeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori D.Ibragimova va fakultetning 1-2-bosqich talaba-qizlari ishtirok etdi. Tadbir savol-javoblarga boy, mazmunli bo‘lib o‘tdi.