QarDU o‘qituvchisi top mingtalikdan o‘rin olgan xorijiy oliygohda dars bermoqda

24-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Jumayeva dunyoning top mingtalikdan o‘rin olgan oliy dargohlaridan biri Slovakiyaning Jilina univeristetida (QS-800, 2023) stajirovka o‘tamoqda hamda universitet talabalariga dars bermoqda.   

Ilmiy stajirovka doirasida qator tadbirlar, anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etish, xalqaro bazalarda indekslanadigan jurnallarda maqola nashr ettirish, Qarshi davlat universiteti va Jilina universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish  ko‘zda tutilgan. 

Ushbu stajirovka Slovakiya davlatining NSP (National Scholarship Programme) dasturi loyihasi doirasida amalga oshirilayotir. Nilufar Jumayeva  Jilina universiteti Gumanitar fanlar fakultetida “English language and literature” kafedrasi mudiri, professor Eva Lelakova rahbarligida faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, Jilina universitetida 172 ta akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yettita fakultetda 8 ming nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. 70 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyati davomida ushbu universitet asosan, transport va texnik sohalarga, shuningdek, menejment, marketing hamda gumanitar fanlarga ixtisoslashgan. Ushbu muddatli ilmiy stajirovka joriy yilning 5-iyuliga qadar davom etadi.