Tyutorlar tomonidan ijara xonadonlari o‘rganilmoqda

11-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida yangi o‘quv yiliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida shtab faoliyati yo'lga qo'yilgan. 

Jumladan, ayni kunlarda tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarning dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ijaraga qo‘yuvchi oilaning ijtimoiy-ma’naviy ahvoli o‘rganilmoqda. 

Tashriflar davomida, shuningdek, xonadon egalariga ijara shartnomasi tuzish tartibi, uning  afzalliklari haqida batafsil tushuncha berilmoqda.