Pazandalik sirlari tanlovi o'tkazildi

Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi tashabbusi bilan talaba-qizlar o'rtasida pazandalik sirlari tanlovi o'tkazildi. Unda pazanda qizlar to'garagi a'zolari ham o'z mahoratlarini namoyish etdi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan foydali salatlar, mohirona bezatilgan ajoyib mevalar tadbir ishtirokchilari uchun chinakam mahorat maktabi vazifasini o'tadi. 

Tadbir so'ngida talaba-qizlar mahoratlari munosib baholandi. Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.