Jasoratli so‘z sohibi

Joriy yilning 5-mart kuni 8-sonli talabalar turar joyida professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Mustaqil O’zbekistonning faxriy nishonlaridan - "Buyuk xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", "O’zbekiston Qahramoni"ning sohibi Ozod Sharafiddinov tavalludi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi mudiri, dotsent A.Azimov zahmatkash olimning o’lmas ijodiy merosi, o‘zbek adabiyotshunosligida tutgan o‘rni, asarlari haqida to''xtalib o''tdi. Zamonaviy badiiy tafakkurimiz rivojida o’chmas iz qoldirgan, hamisha barhayot siymo sifatida tan olingan Ozod Sharafiddinov nomi doimo yuksak ehtirom bilan tilga olinishini alohida ta''kidladi.