“Yosh ekopatrul” jamoasidan bayramga munosib tuhfa

Gap shundaki, bugun universitet hududiga 300 tupdan ortiq atirgul ko‘chatlari ekildi. Xayrli ishda Geografiya va agronomiya fakultetining ko‘ngilli talabalaridan iborat “Yosh ekopatrul” jamoasi faollik ko‘rsatdi. Talabalarning ushbu yumushini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga munosib tuhfa deyish mumkin. 

Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun ekilgan nihollar, kelajakda unib-o‘sib universitet hududiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.