Ayolni e’zozlash – oliy qadriyat

Bahordan nega buncha yoqimli va go‘zalsan deb so‘rashganda, u ayoldan andoza olganman, degan ekan. Oilada ayol yaratuvchi, ayol go‘zal qalb egasi, ayol vafodor yor, ayol mehribon ona.

Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi ayollar, ishchi-xodimalarga 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Rektor tabriknomasi” yetkazilmoqda.

Jumladan, bugun Xorijiy tillar, Geografiya va agronomiya, Kimyo-biologiya fakultetlari xotin-qizlariga “Rektor tabriknomasi” va gullar ulashildi.