Milliy liboslar - mening faxrim

Bugun, 6-mart kuni San’atshunoslik va Pedagogika  fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo''yicha dekan maslahatchilari A.Sattorova, Z.Murodova tomonidan 8-mart — xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Milliy liboslar - mening faxrim” mavzusida ko’rik-tanlov o’tkazildi. 

Tadbirda fakultetlar talabalari tomonidan milliy liboslar namoyishi, cholg’u ijrochiligi yo’nalishi talabalari ishtirokida musiqiy dastur hamda milliy-liboslar - mening faxrim mavzusida rasmlar ko’rgazmasi namoyish etildi. 

Talabalarning ijodiy ishlar ko’rgazmasi barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar sovg’a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.