QarDU jamoasi xalqaro matematika olimpiadasida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

➡️Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika bo''yicha IV Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2024) bo‘lib o‘tdi. Xalqaro olimpiadada Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, O‘zbekiston, Bolgariya va mezbon Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari talabalari bellashdi.

➡️Ushbu olimpiadada Qarshi davlat universiteti talabalari ham faxrli ishtirok etib, individual tarzda 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo′lga kiritishdi. Shuningdek, jamoaviy hisobda ham bronza medalga sazovor bo‘ldilar. 

Individual 
kumush Jahongir Musurmonov,
kumush Alisher Nuraliyev,
bronza Shahboz Halimov,
bronza Shahzod Jo''rayev.

Jamoaviy bronza
Jahongir Musurmonov, Alisher Nuraliyev, Shahboz Halimov, Sardor Shodiyev.

➡️Talabalarimiz hamda ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz! Muvaffaqiyatlar bardavom bo′lsin!