Kitob tumanida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi

21-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Tadbirda so‘z olganlar, yurtimizda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtishdi. Festival doirasida mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida "Gimnastrada", "Zakovat" musobaqalari, hunarmandchilik ko'rgazmalari va milliy liboslar namoyishi tashkil etildi. Tadbirda faol ishtirok etgan xotin-qizlar va "Viloyatning 100 nafar ixtirochi ayoli" ko'rik tanlovi g'oliblariga tashakkurnomalar topshirildi.  Ahamiyatlisi, festivalda Qarshi davlat universiteti ayol professor-o‘qituvchilaridan Shohida Karomova, Gulnoza Uzoqova, Adiba
Shaymanova, Gulruhbegim Ravshanova, Rohila Yuldosheva, Ra'no Saydulleva, Charos Maxmadiyova, Aziza Sattorova, Surayyo Xoliqova, Nargiza Suyarova, Sabohat Kenjayeva, Nodira Srajiddinova va boshqalar ishtirok etdi.