Ona Vatan va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

O‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan Qarshi davlat universitetida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira va she’riyat kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 25-aprel kuni Filologiya fakultetida shoir tavalludi munosabati bilan “Muhammadsiz kuylarim qoldi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tabirni fakultet dekan o‘rinbosari J. Boysunov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shoir xotirasini qadrlash, she’riyatining o‘ziga xos qirralari, hayoti, ijodini o‘rganish va targ‘ib etish xususida Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedra dotsenti Sh. Karomova ma’ruza qildi. Tadbirda talabalar tomonidan shoir hayot yo‘llarini aks ettiruvch sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Faol qatnashchilar rag‘batlantirildi.