Nazariy bilimlarning amaliyotdagi tatbig‘i

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Matematika va informatika yo‘nalishi 4–kurs 02082-guruh talabalari Qarshi shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashmoqda. Malakaviy amaliyotga Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasining dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi N.Begmatova rahbarlik qilmoqda. Amaliyot davomida talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etib, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsion texnologiyaning usul va uslublari asosida dars jarayonlarini tashkil qilishmoqda.

Amaliyot rahbari dotsent N.Begmatova dars jarayonining texnologik xaritasi, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan qaratilgan bir qator metod va texnologiyalardan foydalanishdagi samaralar haqida talabalarga uslubiy tavsiyalar berib bormoqda.

Maktabda olib borilayotgan ma’naviy-marifiy tadbirlarda ham amalyotchi talabalar faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, kuni kecha amaliyotchi talabalar va maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda “Axborot va raqamli texnologiyalar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda amaliyotchi talabalar rahbarligida maktabning “Internet” va “Intel” jamoalarining bellashuvi o‘tkazildi. Tadbir tanishtiruv, axborot va raqamli texnologiyalar mavzusiga doir tezkor savol-javob, kutilmagan sirli shart va badiiy chiqishlardan iborat bo‘ldi. 

Tadbir jarayonlarini Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, professor N.Qayumova, kafedra o‘qituvchisi D.Saidova kuzatib bordilar. Tadbir yakunida faol ishtirokchi bo‘lgan maktab o‘quvchilariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shunindek, amaliyotchi talabalar ham maktab ma’muriyati tomonidan amaliyot davridagi faollliklari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Amaliyot davom etmoqda.