G'olib talabalar taqdirlandi

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

Kuni kecha “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tib, unda Qarshi davlat universitetining 7 nafar talabasi g‘olib sifatida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishgan edi. 

Bugun Kimyo-biologiya fakultetida tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani L.Kamolov g‘olib yoshlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy qutladi. Tanlovning respublika bosqichida omad tiladi. 

Muloqot yakunida ularga esdalik sovg‘alarini hamda joriy o‘quv yilida Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan talabalarga guvohnomalarni topshirdi.