Amaliyot yakuni munosabati bilan hisobot ko‘rgazmasi tashkil qilindi

Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2- va 3-kurs talabalarining amaliyot yakuni munosabati bilan hisobot ko‘rgazmasi tashkil etildi. Talabalar o‘quv amaliyotini Qarshi shahridagi 7-maktabda, dala amaliyotini Odina masjidi, Vatanparvar bog‘i va Qashqadaryo sohilida o‘tashdi. Ko‘rgazma munosabati munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni fakultet dekani N.Azizova kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Fakultet dekani har bir talabaning o‘ziga xos iqtidor egasi ekanligi, tanlagan kasbi ustida muntazam ishlash lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib, amaliyot ko‘rgazmasi bilan tabrikladi. Shuningdek, amaliyot rahbari M.Egamberdiyev har bir talabaning amaliyot davrida chizgan asarlari to‘g‘risida o‘z xulosa va tavsiyalarini berdi. Ko‘rgazma ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.