Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda hamkorlik muhim

17-Mart 2026, 08:39
Universitet yangiliklari

Fizika fakultetida “Universitet–talaba–ota-ona” tamoyili asosida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda rektor maslahatchilari, Registrator ofisi boshlig‘i, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirok etdilar. Muloqot davomida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, talabalar turar joylari, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Yakunda ota-onalarning fikr va takliflari tinglanib, ochiq muloqot ruhida savollarga javob qaytarildi.