Yuz g‘azal – yuz javohir

17-Mart 2026, 08:56
Universitet yangiliklari

Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida g‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Mazkur nufuzli tanlovda Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 1-bosqich iqtidorli talabasi Gulsevar Toshmurodova ham munosib ishtirok etdi. Quvonarlisi, u tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom, badiiy adabiyotlar to‘plami hamda 3 000 000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq bilan talabamizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! Tadbirning batafsil tafsiloti: https://xs.uz/uz/post/qashqadaryolik-yoshlar-gazalkhonlik-borasida-bellashishdi