Kurash musobaqasida g‘oliblar aniqlandi

17-Mart 2026, 08:58
Universitet yangiliklari

11–12-mart kunlari Qarshi davlat universiteti Kurash zalida “Talabalar ligasi” doirasida sportning kurash turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Unda universitetning turli fakultetlaridan 200 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Musobaqa erkaklar o‘rtasida 60, 66, 73, 81, 90 va +90 kg, xotin-qizlar o‘rtasida esa 52, 57 va +57 kg vazn toifalarida tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Erkaklar o‘rtasida 60 kg vaznda Firdavs Xoliqov, 66 kg vaznda Mirhosil Eshmurodov, 73 kg vaznda Ramziddin O‘rozdavlatov, 81 kg vaznda Abror Qulmuxammatov, 90 kg vaznda Jasur Majidov, +90 kg vaznda esa Anvar Elchiyev 1-o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida 52 kg vaznda Malohat Bobonazarova, 57 kg vaznda Gulsevar O‘roqova, +57 kg vaznda esa Muxlisa Turdiyeva g‘olib bo‘ldi. Ma'lumot uchun, joriy yil 18-fevraldan 18-martga qadar “Talabalar ligasi” doirasida sportning mini-futbol, basketbol, voleybol, kurash, gandbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda.Barcha sport turlari boʻyicha musobaqalar yakunlanganidan soʻng g‘olib va sovrindorlar jamoaviy sport turlarida 1–4 million so‘m, yakka tartibdagi bahslarda esa 400–500 ming so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.