Navro‘z arafasida universitetda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda

17-Mart 2026, 08:59
Universitet yangiliklari

Xalqimizning azaliy va ezgu qadriyatlaridan biri bo‘lgan hashar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Birdamlik, mehr-oqibat va saxovatni ifoda etuvchi ushbu an’ana Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari sifatida keng o‘tkazilmoqda. Xabar berilganidek, 13–14-mart kunlari mamlakatimizda keng ko‘lamli umumxalq hashari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbir Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham hashar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasi hududi va atrofini obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shdilar. Hashar davomida hududlar tozalanib, manzarali va mevali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, daraxtlarni oqlash, ularga shakl berish va begona o‘tlardan tozalash ishlariga alohida e’tibor qaratildi. San’atshunoslik fakulteti talabalari doira, dovul kabi zarbli cholg‘u asboblarida jonli musiqalar ijro etib, hasharга alohida fayz bag‘ishladilar. Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari universitet jamoasi orasida ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.