Jamoa shartnomasi ijrosi sarhisob qilindi

17-Mart 2026, 09:08
Universitet yangiliklari

2026-yil 14-mart kuni Qarshi davlat universitetida universitet ma’muriyati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalarining ijrosi va yangi shartnoma loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Shodmon Kubaev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Kozim Ataboev ishtirok etdi. Konferensiya davomida universitet ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan universitet birinchi prorektori O.Qo‘ziyev hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Norovning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qiluvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi hamda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilinib, universitet mehnat jamoasi tomonidan ma’qullandi.