Filologiya fakultetida Navro‘z shukuhi: Alpomishdan kelin salomigacha

17-Mart 2026, 09:11
Universitet yangiliklari

Filologiya fakulteti 1-kurs 025-117-guruh talabalari ishtirokida “Xush kelding, Navro‘z!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani B.Rizaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ma'naviy-ma'rifiy tadbir davomida talabalar sahnada milliy qahramonlar – Alpomish va Barchinoy, shuningdek, kelin salom marosimi va kuy-qo‘shiqlarni jonli ijro etishdi. Yo‘qimli kuylardan tashkil topgan chiqishlar yig‘ilganlarni raqsga chorlab, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Ijodiy chiqishlar tadbirni yanada jonli va maroqli qildi. Yakunda faol talabalar dekanat tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi, bu esa bayramona muhitni yanada boyitdi.