Zamonaviy she’riyatning Navoiysi — Abdulla Oripovga ehtirom

19-Mart 2026, 11:48
Universitet yangiliklari

Sayida Nasafiy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi, Qarshi davlat universitetining Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Zamonaviy she’riyatning Navoiysi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda universitet dotsentlari Nilufar Umarova, Gulruhbegim Ravshanova mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub sara she’rlar ifodali o‘qildi hamda “Sohibqiron” dramasi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etilib, kechaga alohida badiiy ruh bag‘ishladi. Ushbu adabiy kecha orqali buyuk shoir ijodining mazmun-mohiyati, uning zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi o‘rni yana bir bor keng yoritildi