Rektor tabrigi

19-Mart 2026, 11:55
Universitet yangiliklari

Assalomu alaykum qadrli jamoa a’zolari va aziz talaba-yoshlar!

Sizlarni olijanoblik, saxovat va ma’naviy poklanish timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Ushbu qutlug‘ kunlar xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, o‘zaro hamjihatlik hamda insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlaydi. Shu fayzli damlarda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va xonadonlaringizga doimiy qut-baraka tilayman. Mashaqqatli ilm yo‘lidagi zahmatlaringiz va ezgu intilishlaringizda Yaratganning o‘zi doim madadkor bo‘lsin. Muborak Ramazon hayiti barchamizga tinchlik, farovonlik va cheksiz quvonch olib kelsin!

Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori