0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



BAXT VA BAHOR AYYOMI

Ovozlar reytingi:  / 15
SayozZo'r 

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli ishchi-xizmatchilar!

Jonajon Vatanimizga tashrif buyurgan fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor ko‘ngillarimizga surur bag‘ishlab, hayotimizdan mamnunlik hissini oshirmoqda.

Ushbu faslni o‘z fayzu tarovati bilan bezab turuvchi Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘zi olam kabi go‘zal bayramlarimiz borki, ular har yilgidek o‘zgacha shukuh, o‘zgacha fayz bilan qarshi olinmoqda. Shu qutlug‘ lahzalarda sizlarni insoniyatga ezgu qadriyatlar ulashuvchi, tinchlik va birdamlikka da’vat etuvchi ayyomlar bilan qutlash sharafiga muyassar bo‘lib turganimdan behad mamnunman!

Muhtaram ayollarimiz, munis onajonlarimiz, opa-singillarimiz, aziz qizlarimizni xalqimiz azal-azaldan qadrlab, ularga ehtirom va mehribonlik nazari bilan qarab keladi. Bugun ham ayni tarixiy an’ana davom etib kelmoqda. Bu cheksiz ehtirom Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ayollarimizga yo‘llagan tabriklarida ham aks etib kelmoqda: “Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog‘i jannat bog‘laridek go‘zal va mo‘tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor”.

Darhaqiqat, bugungi kunda ayollarimiz oila bekaligi bilan birgalikda o‘z salohiyati, ilmu tafakkuri, iste’dodi, mehnatsevarligi va shijoatini jamiyatning turli sohalari rivojiga – davlat va jamiyat boshqaruvi, ta’lim-tarbiya sohasi, madaniyat, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi murakkab vazifalarni sidqidildan ado etib kelayotganlari quvonarli holdir.

Universitetimizda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar timsolida yurtimiz kelajagining yaratuvchilari, jonkuyarlari va fidoyilarini ko‘rish mumkin. O‘qiyotgan, murabbiylik qilayotgan, ilm bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarda, chindan ham, o‘zbek ayolining go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoyilik kabi olijanob insoniy fazilatlari mujassam ekaniga amin bo‘lamiz.

Ayni kunlarda yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, bayramona ruh, bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, bunyodkorlik hissi bilan yashayotgan xalqimiz aziz va mo‘tabar bayramlardan biri hisoblangan Navro‘z shodiyonalarini ko‘tarinki ruh bilan qarshilamoqda. El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar.

O‘tkazilayotgan tantana va marosimlarda Navro‘z ayyomining qadriyatlari, uning teran falsafalari chuqur aks etishiga alohida e’tibor qaratilayotgani barcha yurtdoshlarimiz qalbiga behad minnatdorlik, shukronalik va mamnuniyat baxsh etayotganini e’tirof etishimiz lozim.

Navro‘z tabiat va insoniyatning o‘zaro uyg‘un hayoti, el-ulus qalbida yaratish, bunyodkorlik hislarini o‘zida mujassam etgan eng qadimiy va sevimli, haqiqatan, umumxalq bayrami sifatida qadrli, har bir xonadonga shodu  xurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Navro‘zni minglab yillar davomida o‘zining chuqur mazmun-mohiyati va falsafasi bilan hayotimizda alohida o‘rin olgan yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yilboshi sifatida ardoqlaymiz. Bu go‘zal pallada tabiat uyg‘onishi, olamning rangin tusga kirishidan qalbimiz pok niyatlarga to‘lib, butun vujudimizda ezgu sa’y-harakatlar jo‘sh uradi.

Xalqimizda shunday gap bor: Yil boshi – Navro‘z oldidan qilingan yaxshi niyat, albatta ijobat bo‘ladi. Ishonamanki, joriy yilda ham astoydil, sidqidildan mehnat qilib, oldimizga qo‘ygan barcha ezgu niyatlarimiz hamda eng oliy maqsadlarimizga erishamiz.

Qadrli universitet jamoasi! Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin! Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Navro‘zi olam, barchamizga muborak bo‘lsin!

B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________