0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Qarshi davlat universiteti rektorining talaba yoshlarga MUROJAATI

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Qadrli yoshlar!

Aziz shogirdlar!

Bugun butun dunyoda kechayotgan tashvishli voqealar hammamizga yaxshi ma’lum.

COVID-19 – koronavirus nomli pandemiya bizning yurtimizga ham kirib kelib, katta shijoat bilan olib borilayotgan tinch bunyodkorlik ishlarimiz maromiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Butun insoniyat uchun, jumladan, bizning xalqimiz uchun ham sabr, matonat va birdamlik sinovi davri boshlandi. Mamlakatimizda bu sinov davridan muvaffaqiyatli o‘tib olish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan koronavirus keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etish, bu jarayondan iloji boricha kam talofat bilan o‘tish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Respublika Vazirlar mahkamasining bir qator hujjatlari ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash orqali tahdid solib turgan xavfning oldini olish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzildi, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi hamda pandemiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun jamg‘armaga 10 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Pandemiyaga qarshi 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari, shuningdek, hokimiyatlar, ichki ishlar tizimi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jalb etildi. Bu ofatdan xalqimizni asrash uchun karantin e’lon qilindi, barcha ta’lim va diniy muassasalar faoliyati, xalqaro va ichki jamoat transportlari qatnovi to‘xtatildi, odamlar gavjum bo‘ladigan joylar yopildi, “Ijtimoiy masofa saqlash”, “Uyda qolish” va “Masofadan ishlash” amaliyotlari joriy etilmoqda. Binobarin, kasallikning avj olishiga qarshi ishlar tizimli, baqaror yo‘sinda olib borilmoqda, barcha jarayonlar nazoratga olingan.

Bunday sharoitda vahima qilishga hech qanday asos bo‘lmasa-da, xotirjamlik va loqaydlikka berilishga ham hech kimning haqqi yo‘q. Muhtaram Prezidentimiz murojaatida ta’kidlanganidek, “xavotirga o‘rin yo‘q, deb xotirjam bo‘lish xiyonat hisoblanadi”. Demak, bu jarayonda siz aziz yoshlarimiz zimmasiga ham bir qator vazifalar tushadiki, bularni aslo unutmasligingiz darkor. Zotan, har biringiz Vatan va xalq himoyasi uchun jangohdagi askar kabi hushyor va ogoh bo‘lmog‘ingiz shart! Chunki “daydi o‘q” va “tentiragan virus” birday mohiyat kasb etadi.

Aziz yoshlar! Biz sizning qoningizda Alpomish or-nomusi va pahlavonligi, Farhodning tog‘ni kesib suv chiqargan qudrati, hunari va qat’iyati, Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik yo‘lidagi bukilmas irodasi va mardligi, Sohibqiron bobomiz Amir Temur tadbirkorligi, shijoati va g‘ayrati, Buxoriy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek va Navoiy kabi ajdodlar ilmu ziyosi, ma’rifati mavjud ekaniga ishonamiz. Shundan kelib chiqib, sizni sinovli kunlarda hukumatimiz belgilab berayotgan yo‘ldan og‘ishmay sabot ko‘rsatishga chaqiramiz. Bu yo‘lda sizga tavsiyalarimiz quyidagilardan iborat:

Birinchidan, ona Vatanimiz va muhtaram Prezidentimizga sadoqatingizni namoyish etib, koronavirus balosini daf etish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosati mohiyatini chuqur tushunib yeting. Bu siyosat chin insonparvarlik siyosati. Vaqtinchalik ayrim cheklashlar, turmushingizda ba’zi kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi muammolar bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi o‘tkinchi, xalqning bardavom farog‘ati, tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash uchun qo‘llanayotgan tadbir ekanini siz nafaqat anglab yetishingiz, balki boshqalarga ham tushuntirishingiz kerak. Biz Prezidentimiz va hukumatimiz atrofiga har qachongidan-da jipsroq birlashib ish ko‘rsak, ko‘zlangan maqsadga albatta yetamiz.

Ikkinchidan, sizning sog‘ligingiz yurt boyligining muhim bir qismi ekanini unutmang va shaxsiy gigiyena talablariga qat’iy rioya qiling. Bugun har bir kishi o‘z sog‘ligini o‘zi himoya qilishi ham umumiy ishga qo‘shilayotgan hissadir. Siz karantin davrida o‘zingiz va boshqa oila a’zolarining ham uyda qolishlarini ta’minlashga yordam bering, ya’ni ularning zerikib qolmasliklari uchun har xil oilaviy mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqing. Bu sizning qo‘lingizdan kelishiga ishonamiz.

Uchinchidan, Vatan ravnaqi, taraqqiyoti uchun siz yurtimiz kelajagini belgilovchi bo‘lajak malakali mutaxassis ekaningizni unutmang. Bugungi kunda respublika televideniyesi va o‘zingiz ta’lim olayotgan qadrdon universitetingiz professor-o‘qituvchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali siz o‘zlashtirishingiz lozim fanlardan dastur asosida ma’lumotlar va topshiriqlar tizimini yetkazib berishga harakat qilmoqda. Davlat stipendiyangizni o‘z vaqtida to‘liq berib borilishini ta’minlamoqda. Siz uyda o‘tirib berilayotgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish va olgan bilimingiz bo‘yicha yakuniy nazoratlar topshirib, baho olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdasiz. Bu imkoniyatlardan to‘liqroq foydalanishga erishing.

Shu o‘rinda sizga bir voqeani eslatishni lozim topamiz. 1665-1666 yillarda Londonda o‘lat tarqaydi. Odamlar orasida ommaviy kasallanish boshlanadi, u tarixga “Londondagi Buyuk o‘lat” nomi bilan kirgan. Buyuk o‘lat davrida London aholisining chorak qismi o‘latdan qirilib ketgan. O‘shanda Isaak Nyuton Kembrijning Trinitiy kollejida 22 yoshli oddiy talaba edi. O‘sha paytda ham hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun odamlarning ommaviy yig‘ilishini cheklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga jo‘natgan va talabalar uyida mustaqil o‘qishni davom ettirgan edi. Nyuton bir yil mobaynida karantin tufayli uyida qolib o‘qish, o‘rganish asosida mashhur matematik analiz, optika to‘g‘risidagi va butun olam tortishish kuchiga doir nazariyalarini yaratgan va u yil olimlar tomonidan “mo‘jizalar yili” deya tan olingan.

Talabalarimiz orasidagi bir necha iqtidorlilar va ijodkorlar bor. Ular ham vaqtni zoye o‘tkazmaydilar, deb umid qilamiz.

To‘rtinchidan, imkoniyatdan foydalanib badiiy kitoblarni ko‘proq o‘qish orqali ham ma’naviy olamingizni boyitishga, ham ijodiy tafakkuringizni yuksaltirishga erishing. Chunki har qanday sohada komillikning darajasini ijodiy tafakkur darajasi belgilaydi. Ijodiy tafakkur esa faqat kitobxonlik bilan hosil qilinadi.

Beshinchidan, siz yoshlar katta yoshlilarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlar bilan ko‘proq tanishasiz. Afsuski, aksar holda yoshlar shov-shuvli xabarlarning haqiqatini o‘ylab o‘tirmay, bilib-bilmay targ‘ib qilinishiga qo‘shilib ketadilar. Informatsiyalar aniqligi, axborot gigiyenasi muammosi ham bugun dolzarbdir. Siz esa o‘z ma’naviy bilimlaringiz asosida koronavirus bilan bog‘liq vahima qo‘zg‘ovchi axborotlarning tarqalib ketishiga qarshi kurashing. Siz bunga qodirsiz.

Aziz yoshlar! Siz bizning farzandlarimizsiz. Har qanday ota-ona farzanlari uchun porloq kelajak va nurli istiqbol tilaydi. Shunday ekan, biz ham sizga xuddi shunday tilakdamiz. Ishoning, ertangi kunimiz, albatta nurafshon bo‘ladi! Ona zaminimiz boshiga soya solib turgan hozirgi balo-ofatlar tumani albatta bartaraf qilinadi. Yorug‘ yuz bilan ta’lim dargohlarimizda o‘z faoliyatimizni davom ettiramiz. Ulug‘ orzu-maqsadlarimizga albatta yetamiz. Siz esa bu yo‘lda tolmas kurashchilar bo‘lib matonat ko‘rsatgan yoshlar sifatida qadr topasiz!

B.A.Shoimqulov

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________