0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Fakultetlarda tanishtiruv darslari davom etmoqda

Ovozlar reytingi:  / 21
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv darslari olib borilmoqda.

An’anaviy ta’lim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, auditoriyalarning 50 foizdan ko‘p qismiga talabalarni kiritmasdan olib borilmoqda.

Tanishtiruv darsini fakultet dekani b.f.n, dotsent B.Boysunov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri J.SHerqulova kafedra professor-o‘qituvchilari hamda guruh rahabrlari bilan yaqindan tanishtirdi. Kafedra o‘qituvchisi E.Eshonqulov talabalarga Qarshi davlat universiteti tarixi, universitet tuzilmasi, universitet rahbariyati, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, Tabiiy fanlar fakulteti tarixi, fakultet rahbariyati, kafedrada yo‘lga qo‘yilgan ustoz va shogird an’anasi xususida batafsil so‘zladi. Shuningdek, tanishtiruv darslarida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi, to‘lov-shartnoma shartlari, o‘qitiladigan fanlar, talabalarni baholash mezonlari tushuntirib o‘tildi. 1-kurs talabalariga universitetning masofaviy Moodle platformasida ishlash qoidalari, onlayn Zoom vebinarlarida ishtirok etish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tanishtiruv darslari davom etmoqda.

 

Joriy yilning 13 oktabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida tanishuv darsi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarga universitet ichki tartib-intizom qoidalari tanishtirildi. O‘quv jarayoning borishi hamda Moodle platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlari berildi.

Shuningdek, karantin qoidalariga amal qilish, turli xil yot va zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik hamda bo‘sh vaqtdan mazmunli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar aytildi.

Talabalar fikr va mulohazalarini bildirdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

  

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________