AXBOROT XATI
Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F sonli farmoyishining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy – amaliy anjumanlar rejasiga muvofiq 2020 yil 23-24 oktabr kunlari “Matematik modellashtirish, hisoblash matematikasi va dasturiy ta’minot injeneriyasining dolzarb muammolari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiya o‘z ishini 2020 yil 23 va 24 oktabr kunlari Toshkent vaqti bilan soat 10-00da boshlaydi.
Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
Matematik modellashtirishning dolzarb muammolari.
Hisoblash matematikasi.
Dasturiy ta’minot injineriyasi.
Tabiiy fanlarda matematik usullarni qo‘llash.
Matematika va informatika o‘qitish nazariyasi va metodikasi.
Raqamlashtirishning dolzarb muammolari.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar, bakalavriat va magistratura talabalari, ishlab chiqarish mutaxassislari 2020 yil 15 oktabrga qadar ilmiy maqola va tezislarini yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etishlari mumkin.
Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar va tezislarni rasmiylashtirilishga qo‘yiladigan talablar.
Matn formati Microsoft Word, satr oralig‘i 1 intervalda, shrifti Times New Roman, 14 kegl. Formulalar Microsoft Equation muharririda yoziladi. Matn formatining chegarasi tepa va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi lozim.
Maqolaning tepa qismida bosh harflar bilan mavzu, keyingi satrlarda markazlashtirilgan holda muallif (mualliflar) haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim: f.i.sh., ilmiy darajasi va unvoni, ishlash joyi va lavozimi, keyin annotatsiya va tayanch so‘zlar, so‘ng asosiy matn (12 kegl). Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Havolalar (snoskalar) sahifa so‘ngida beriladi. Maqola hajmi 2 betdan kam bo‘lmasligi hamda 4-5 betdan oshmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar qabul qilinmaydi. Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif zimmasida bo‘ladi.
Maqola va tezislar elektron shaklda konf.qarshi.amal_matem@mail.ru elektron pochta orqali qabul qilinadi.
Konferensiyada ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun tashkiliy ishlar bo‘yicha mas’ullar Qurbonov Z. +998972220422, Jabborov O. +998975191188, Egamberdiyev E. +998932411188, Odilov J. + 998972934455 ga murojaat qilishlari mumkin.