“YOSHLAR MARKAZI”
Universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy anjumanlar, intellektual o‘yinlar, turli tanlov va badiiy kechalarni o‘tkazish uchun 300 nafar tomoshabinlarga mo‘ljallangan yozgi “Yoshlar markazi” talaba-yoshlar ixtiyoriga topshirilgan.
“Yoshlar markazi” zamonaviy sahna, ovoz kuchaytirgich, musiqiy asboblar, o‘rindiqlar, turli shior va ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan.
Har o‘quv yili davomida Respublika miqyosidagi, mintaqaviy va universitet hayotidagi 100 dan ortiq turli mavsumiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
“FAOLLAR ZALI”
Qishgi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va anjumanlarni o‘tkazish uchun universitetning 250 o‘ringa muljallangan faollar zali faoliyat ko‘rsatadi.
Faollar zali zamonaviy jihozlar, kompyuterlar jamlanmasi, elektron doskalar, kinoproyektor va boshqa zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Faollar zalida uzluksiz ravishda turli mavzulardagi tadbirlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari, bahs - munozaralar va anjumanlar o‘tkaziladi.