0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: Zoirova Aziza Ibragimovna

Telefon: (+998 90) 518-27-27

Elektron manzili: zoirova.qarshi.du@gmail.com

 

 

Kafedra haqida

Fransuz tili va adabiyoti kafedrasiga katta o‘qituvchi A.Zoirova mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 1 nafar siyosiy fanlar nomzodi 4 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 10%.

Kafedra  professor – o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ishlab kelmoqdalar. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o’z malakalarini oshirmoqdalar. Jumladan, G.Qo‘shayeva Xitoyning Shanxay universitetida va Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.Shermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning la Roshel shahridagi CEMEA o‘quv markazida, 2013- yilda Bezanson shahridagi CLA o‘quv markazida “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasining yutuqlaridan yana biri 2016 - yil 18 - mart kuni kafedra katta o‘qituvchisi Zoirova Aziza Ibragimovna Fransiya davlatining “Akademik Palma” ordeni bilan mukofotlandi.

2017 - yilda Xitoy Shenyan pedagogika universitetida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.  “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aziza Zoirovaga 2017 - yil 22- iyun kuni Fransiya davlatining fransuz tilini bilish darajasini belgilaydigan DELF va DALF Xalqaro diplomlarini berish bo‘yicha “Ekzamenator – korrektor” sertifikati  berildi. 2018-yilda  katta o‘qituvchi A.Zoirova  “Iste’dod” jamg‘armasi granti g‘olibi sifatida Fransiyaning Tur shahridagi Turen (Institut Touraine) institutida 3 oylik stajirovkani o‘tab qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 - yil 10 - dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 1875 - son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning fransuz tilini chuqurroq o’rganish va darsdan bo’sh vaqtlarini unumliroq o’tkazish maqsadida kafedra qoshida “Yosh tarjimon” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra Fransiyaning IMEF instituti, Fransiyaning Bezanson shahridagi CLA o‘quv markazi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Fransiya instituti va Respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlari turdosh kafedralari, O‘zMU, O‘zDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy - uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Qarshi davlat universiteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasida “Filologiya ilmining dolzarb masalalari” Respublika miqyosidagi ilmiy – maqolalar davriy to‘plami  (5-kitob) nashr etildi. Kafedra asosan fransuz tili, ingliz tili, biologiya, kimyo, fizika, amaliy matematika, matematika, geografiya o‘qitish metodikasi, informatika o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish,  mehnat, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, o‘zbek filologiyasi, tarix, milliy istiqlol g‘oyasi va huquq, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya, rus tili va adabiyoti kabi ta’lim yunalishlariga va magistratura mutaxassisligiga xizmat qildi.

Kafedra katta o‘qituvchisi A.Zoirova rahbarligidagi A.Zoirova rahbarligida 3-kurs talabasi A’zamova Gulnoza Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi hamda joriy yilda ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining Respublika bosqichiga o‘tdi. 4-kurs talabasi M.Murodova B2 darajasini olishga muyassar bo’ldi. Fransuz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi Shodiyeva Gulzoda “Rivojlanayotgan O‘zbekiston“ mavzusida insholar tanlovining respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Iqtidorli talabalar universitet, Respublika va qolaversa xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

10 nafar talaba “Fan, taraqqiyot va yoshlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada hamda respublikalardagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda   qatnashishdi. Ularning barchasiga kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qilishdi. Ma’lumki, o‘tgan o‘quv yillarida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida Toshkentdagi “Yoshlar teatri”da tashkil qilingan I, II, III “Xalqaro teatr festivali”da A.Zoirova rahbarligidagi talabalar “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g‘olibi, “O‘zbekiston – Fransiya” do‘stlik jamiyatining “O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari va turizmni rivojlantirishdagi innovatsion g‘oyalar” nomli loyihasida “O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari va jozibalari”ga bag‘ishlangan video rolik tanlovi g‘olibi bo‘lishdi.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida”  PQ –  1875 -sonli qarori ijrosi yuzasidan “LA DICTEE FRANCOPHONE” diktantlar tanlovi o‘tkazildi. Fransuz  tili va adabiyoti kafedrasi mudiri A.Zoirova 6-12-mart kunlari O’zbekiston Milliy universitetida “O’zbekiston-Fransiya” do’stlik jamiyati va Sorbon Nuvel-Parij 3 universieti hamkorlik aloqalari doirasida o’tkazilgan o’quv va ilmiy tadbirda qatnashdi. Hozirgi kunda  Qarshi Davlat Universiteti va ”O’zbekiston-Fransiya” do’stlik jamiyati Fransiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirib, bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.Mazkur do’stlik jamiyati taklifiga  binoan joriy yilning  6 mart kuni Fransiya davlatining Sorbon Nuvel-Parij 3  delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi. 2019 yilning 28-31 oktabr kunlari Fransiyaning Monpelye shahri “Accent franҫais” instituti mutaxassislari Selin Ruzafa, Odri Alter (Céline Ruzafa, Audrey Halter) xonimlar tomonidan Fransuz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari va  fransuz tili yo‘nalishi talabalari uchun “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodologiyasi” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

2020-2021 o‘quv yilida universitetga Fransiyaning Monpelye shahri “Accent franҫais” instituti direktori Virjiniya Kuro xonimning tashrifi va yo‘nalish talabalariga ma’ruzalar o‘tishi kutilmoqda.

Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hozirda 104 nafar talaba tahsil olmoqda.500 nafardan ortiq talaba fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida, 300 nafardan ortiq boshqa yo‘nalishdagi talabalar chet tili sifatida o‘rganmoqda.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: «Fransuz tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o‘quv uslubiyati». 

Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi haqida

2001 - 2002 - o‘quv yilidan boshlab universitetda fransuz tili yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilindi va “Fransuz tili” bo‘limi tashkil etildi.

2014 - yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi alohida kafedra shaklida tashkil etildi va katta o’qituvchi G.Qo‘shayeva kafedra mudiri sifatida faoliyat yurita boshlagan. 2019-yil fevral oyidan boshlab katta o’qituvchi A.Zoirova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar siyosiy fanlar nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 10%.

Kafedra  professor – o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o’z malakalarini oshirganlar.

Jumladan, G.Qo‘shayeva Xitoyning Shanxay universitetida va Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.Shermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning LA Roshel shahridagi CEMEA o‘quv markazida, 2013- yilda Bezanson shahridagi CLA o‘quv markazida va 2017 - yilda Xitoy Shenyan pedagogika universitetida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. Hozirda katta o‘qituvchi A.Zoirova  “Iste’dod” jamg‘armasi granti g‘olibi sifatida Fransiyaning Tur shahridagi Turen (Institut Touraine) institutida 3 oylik stajirovkani otab qaytdi.

2013 - yilning 20 - 24 - may kunlari Qarshi davlat universitetida ham Toshkentdagi Fransiya elchixonasi tomonidan ilk marotaba 25 soatlik fransuz tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi. Seminar – treningda respublikamizdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 80 nafar fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

Mashg‘ulotlar Fransiyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan taklif qilingan bir guruh mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Universitetimizga 2001- yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jan Klod Rishar janoblari, 2013 - yil 20 - mayda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fransua Gotye janoblari tashrif buyurishgan.

2016 - yilda elchixona tomonidan o‘tkazilgan “Frankofoniya kuni” bayramiga bag‘ishlangan tanlovlarda, “Teatr festivali” tanlovida, “Yevropa tillari kuni” bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlarida iqtidorli talabalarimiz Farhod Mustafaqulov,  Malika Murodova va Dilafro‘z Jabborovalar faol ishtirok etishdi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Fransuz tili yo‘nalishining 4 - kurs talabasi Mustafaqulov Farhod (rahbari: katta o‘qituvchi Zoirova Aziza) BGF – (Bourses universitaires du Gouvernement Français) - Fransiya davlatining ta’lim stipendiyasi dasturi doirasidagi tanlovda qatnashib, Fransiyada magistraturada bepul ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kafedra Fransiyaning IMEF instituti, Fransiyaning Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Fransiya instituti va Respublikaning qator oliy o‘quv yurtlari turdosh kafedralari, O‘zMU, O‘zDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy - uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Kafedra a’zolaridan G.Qo‘shayeva, H.Jo‘raqobilova, Ch.Hayitov, K.Baratova, I.Sultonova, F.Bo‘riyeva, E.Miyassarov, Z.Bekmurodovalar 288 soatlik malaka oshirish kurslarida o‘qib, malaka attestatiga ega bo‘lishdi.

Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hozirda 104 nafar talaba tahsil olmoqda. 500 nafardan ortiq talaba fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida, 300 nafardan ortiq boshqa yo‘nalishdagi talabalar chet tili sifatida o‘rganmoqda.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: «Fransuz tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o‘quv uslubiyati».

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat

  1. O‘qish va yozish amaliyoti
  2. Tilshunoslik
  3. Adabiyotshunoslik
  4. Jahon adabiyoti
  5. Mamlakatshunoslik
  6. Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
  7. Leksikologiya va stilistika
  8. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
  9. Nazariy grammatika
  10. Nazariy fonetika.
  11. Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  12. Xorijiy tillarni o’qitishda madaniyatlararo muloqot
  13. O‘rganilayotgan til tarixi
  14. Amaliy grammatika
  15. Amaliy fonetika
  16. O’rganilayotgan til filologiyasiga kirish
  17. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  18. Ikkinchi chet tili.
  19. Fransuz tili, (Fakultetlararo)

Magistratura

Amaliy xorijiy  til

Kafedra professor – o‘qituvchilari tarkibi

  1. Zoirova Aziza Ibragimovna – katta o‘qituvchi, kafedra mudiri.
  2. Qo‘shayeva Gulchehra Satimovna – katta o‘qituvchi
  3. J o‘raqobilova Hamida Xolmatovna – s.f.n., katta o‘qituvchi.
  4. Bo’riyeva Farog’at Baratovna - katta o‘qituvchi.
  5. Sultonova Inobat Usmonovna - o‘qituvchi.
  6. Hayitov Chorshami - o‘qituvchi.
  7. Miyassarov Eldor Amanovich - o‘qituvchi
  8. Baratova Klara Xolmanovna - o‘qituvchi
  9. Bekmuradova Zebiniso Erkinovna - o‘qituvchi.

Fotolavhalar


MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________