Bo‘lim boshlig‘i:
Tog‘ayev Shavkat Xurramovich
Telefon: 221-21-17
Elektron pochta: Shavkat.65@bk.ru
SH.X.Tog‘ayev 1965 y. tug‘ilgan. 1995-yil O‘zbekiston Milliy Universiteti (sobiq ToshDU) Falsafa fakultetining Falsafa bo‘limini tugatgan.
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 3 monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy-ommabop risola, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.
Ilmiy yo‘nalishi: 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa. "Milliy mafkurani rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
Qarshi davlat universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3183-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda 7 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi, 13 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi (5 yillik) hamda 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakllarida malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va boshqa tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 5 yil, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda 3 yil bo‘lib, ularga O‘zbekiston Respublikasi hamda chet el fuqarorlari o‘qishga qabul qilinadi. 2019/2020 o’quv yilida Maxsus sirtqi ta’limini 1112 nafar talaba bitirdi va ularga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomlari berildi. Ayni paytda universitet Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim yo‘nalishlarida 3583 nafar talaba tahsil olmoqda. 2020/2021 o’quv yilida sirtqi (5 yillik) ta’limga 925 nafar, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga 1200 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.