0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

XORIJIY TILLAR FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

FAKULTET TARIXI

Qarshi davlat pedagogika institutida 1965-yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim  vazirligining 1968-yil 4-dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992-yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet  “Xorijiy tillar ” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011-yil) Roman-german filologiyasi, 2014 yil 30 iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8 iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o`zgartirildi.

 

Fakultet ma'muriyati:

Xorijiy tillar fakulteti dekani v.v.b. 

Murtazayev Elyor Nizomiddinovich, o‘qituvchi 

Qabul vaqti: Har Juma 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99891) 321-25-51

E-mail:  emurtazayev_qardu@umail.uz

 

 

Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Bozorov Orif Chamanovich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har Juma 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99893) 930 70 67

E-mail:  bozorov-orif@umail.uz

     

 

Fakultet dekanining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

Asadov Mahmadiyor Turayevich, o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har Juma 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99897) 735 45 40

E-mail: masadov­_qardu@umail.uz

 

 

 

 

Fakultet dekanining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

Xalilova Shaxlo Jalilovna, oqituvchi

Qabulvaqti: Har Chorshanba 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99891) 643 68 80

E-mail:   Sh-xalilova_qardu@umail.uz 

 

 


F
akultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Omonov Shuxrat G'aniyevich

Qabul vaqti: Har kuni  14:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99897) 311 26 86

E-mail:  omonovsh@umail.uz 

 

 

Fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Amirqulova Nargiza Amirkulovna, o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har kuni  8:00 dan 17:00 gacha 

Telefon: (+99891) 321 26 81 

E-mail:  amirkulova_n@umail.uz 

 

 

 

FAKULTETNING HAMKORLIK ALOQALARI

Fakultetdagi kafedralar  mutaxassislari “Shurtangaz”, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Tallimarjon GRESi, Koson yog‘ ekstraksiya zavodi, Qarshi  Termoplast, “Ko‘kdumaloq- Gaz” kabi sanoat korxonalari qurilishida tarjimonlik qilish bilan birga, texnik hujjatlarni chet tillarda tayyorlashda faol ishtirok etdilar.  

Xorijiy tillar  fakultetining xalqaro aloqalari  mustaqillik yillarida, ayniqsa, keng quloch yoydi. Shu  bois fakultetga chet ellik mutaxassislar ham  tez-tez kelib turadilar. 2010-yildan beri  Koreyaning “KOIKA” tashkiloti ko‘ngillilar dasturi asosida tashkil etilgan “koreys tili”ni o‘rgatish kursini   oxirgi ikki yilda Park Jen Ge Un va Leye Jeong Yun olib bormoqdalar. Fakultet professor – o‘qituvchilari  xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib, bir necha grant sohiblari bo‘lishdi. 

Fakultet professor–o‘qituvchilari jahonning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirganlar. Dotsent G.K.Xo‘jayev Germaniyaning Berlin, Erfurt va Muyunxen shahridagi Gyote – institutida, M.Choriyev, V.Jumanov, A.Aliqulov, P.Qurbonov, D.Ochilova, N.Jumayeva London Metropoliten va Shimoliy London universitetlarida, G.Qushayeva, G.Sodiqova Xitoyning Shanxay universitetida, G.Qushayeva, M.Doniyeva, A.Mahmudovlar Germaniyada, dots. G‘. Xo‘jayev o‘qituvchilar K.Baratova, A.Mahmudovlar Xitoyning Shanxay universitetida malaka oshirdilar.  

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi ta’lim muassasalar bilan, jumladan, O‘zMU, O‘DJTU, SamDCHTI, BuxDU va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda Berlindagi Gumboldt universiteti,  Myunxendagi Gyote instituti, Shimoliy London universiteti hamda Rossiyaning Moskva davlat unversiteti, Moskva davlat pedagogika unversitetlari bilan ilmiy-madaniy hamkorlik qiladi. Xalqaro aloqalarni kengaytirish natijasida Nemis tili va adabiyoti kafedrasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Gyote instituti, DAAD (nemis akademik almashuv xizmati)dan 2 million so‘m miqdorda, Fransuz tili adabiyoti kafedrasi Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasidan 1,5 million so‘m miqdorda, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Britaniya kengashidan 2 million so‘m miqdorda, Rus tili va adabiyoti kafedrasiga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan 2 million so‘m miqdorda o‘quv adabiyotlar keltirildi. 

Fakultetga 1992-yilda Irlandiyalik Eduard Kaalm, 1993-yilda Daniyalik olima Monika Petersen, 1998-yil Germaniyaning Gamburg universiteti professori Shaumberg, 2002-yil doktor Xaynrix Shule rahbarligida Germaniyaning Xoxenxaym universiteti olimlari, aspirantlari, magistrlari, 2002-yilda avstriyalik mutaxassislar Elke va Martin Guzenbauerlar, 2003-yilda DAADning mintaqaviy rahbari doktor Eva Portius, 2004-yilda Germaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimi O‘ta Ryorber, 2005-yilda DAAD rahbari Matias Klingenberg, 2007-yilda Manya Husner, 2008-yilda Otto fon Bismark fondining ilmiy xodimi doktor Rayner Bendik, 2009-yilda Koreya elchixonasi xodimi Kim Dong Xo va Shin Liliana tashrif buyurdilar. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi  KuvanovaShahnoza tarjimonlik bo’yicha  Gernaniyada o’tkazilgan seminarlarda ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 2010 yilda dotsent G.Xojayev, katta o’qituvchi A.Mahmudov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi granti sohibasi bo'lib Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida, shuningdek katta o’qituvchi A.Maxmudov Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, 2011 yilda A.Axmedov Berlin Gyote institutida, 2013 yilda kafedra o’qituvchilaridan Sh.Kuvanova Germaniyaning Shvebish Hal Gyote institutida, N.Mahmudova Berlin Gyote institutida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.  

2009 yilda “Fakultetlararo xorijiy tillar” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri katta o’qituvchi Parda Qurbonov 1989 yil Vengriya, 2001 yil Janubiy Koreyadagi  SIVAT universiteti, 2008 yil Buyuk Britaniya East Angliya universiteti, 2011-2012 yillar ERASMUS MUNDUS dasturi g'olibi sifatida Slovakiyadagi Konstantin Falsafa universitetlarida tajriba almashib kelgan.

 

Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari T.SHermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning La Roshel shahridagi SEMEA o‘quv markazida, 2013 yilda Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazida, 2017 yilda Xitoy Shenyan pedagogika universitetida o‘z malakalarini oshirib qaytganlar. 

Xorijiy tillar fakultetida bugungikunda 1474 nafar talaba tahsil oladi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 

Bakalavriyat 

  • 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili);
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili);
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili);
  • 5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti); 

 Magistratura 

  • 5A120102 – Lingvistika (ingliz tili) 

 Hozirgi paytda fakultetda 116 nafar professor-o‘qituvchi: shundan 2 nafari fan doktori, professor; 14 nafari fan nomzodi, dotsent; 25 nafar katta o‘qituvchi, 75 nafar assistent-o‘qituvchilar 1474 nafar talabaga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. 

 Fakultet kafedralari 

 Fakultetda bugungi kunda 5 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi:

  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Fakultetlararo xorijiy tillar
  • Rus tili va adabiyoti
  • Nemis tili va adabiyoti
  • Fransuz tili va adabiyoti

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________