0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi

Sultonov Shukur Umrpo'latovich

Telefon: (+99891) 222-82-74

Elektron manzili:  shsultonov1@umail.uz

 

KAFEDRA XAQIDA

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi 1971 yil tashkil topgan.

Kafedraga bugungi kunga qadar dotsent I.R.Vardiashvili, dotsent S.B.Rasulov, katta o‘qituvchilar F.G.Qaxxorov, F.R.Eshpo‘latov, S.B.Salaydinovlar rahbarlik qilgan. Ayni vaqtda  p.f.n. Sh.U.Sultonov kafedra mudiri lavozimida ish olib bormoqda.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida 21 nafar professor - o‘qituvchi shundan, 2 nafar fan nomzodi, 8 nafar katta o‘qituvchi va 11 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi – 42 yoshni tashkil etadi, ilmiy salohiyat 10 %.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan p.f.n. Sh.U.Sultonov, p.f.n. I.X.Boymurodov,, katta o‘qituvchilar F.Qahhorov, F.Eshpo‘latov, B.Salaydinov, F.Bobomurodov, B.Begaliyev, A.Umarov, A.Hazratqulovlar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi qoshida sport tugaraklaridan:

Sport turi                                                        murabbiy

Yengil atletika (yigit-qiz)                                 Xudoyberdiyev B

Gimnastika                                                      Eshmatov G‘

Milliy kurash                                                   Umarov A

Futbol                                                              Qaxxorov F

Voleybol                                                          Safarov A

Basketbol                                                        Umarov O

Gandbol                                                           Bo‘riyev K 

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga qarashli ikki qavatli o‘quv korpusida 17 auditoriya, ma’naviyat xonasi, kutubxona mavjud.

Shuningdek kafedraga tegishli  1 ta yopiq sport inshoati, stadion, gimnastika shaharchasi, 1 ta ochiq  basketbol maydoni, 1 tennis korti mavjud.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab ilmiy  risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

Kafedra O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,  BuxDU, SamDU, TerDU, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali, kabi oliy ta’lim muassasalari bilan shu bilan birga Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi hamda QarshiDU qoshidagi malaka oshirish instituti bilan hamkorlik qiladi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun Qarshi olimpiya zahiralari kolleji va Miroqi sport pedogogika kolleji  bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, mazkur ta’lim muassasalarida kafedra filiallari tashkil etilgan bo‘lib ularga kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2017 yil “Jismoniy madaniyat, sport mashqi va adaptiv jismoniy madaniyatning dolzarb muammolari hamda istiqbollari”, 2018 yilda “Jismoniy tarbiya va sportda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan foydalanish”  mavzusida respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazib kelmoqda. Shuningdek barcha kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarga o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelishmoqda.

2017-2018 yillari kafedra a’zolari tashabbusi bilan faxriy sport ustasi S.Rasulov xotirasiga bag‘ishlab milliy kurash bo‘yicha musoboqa o‘tkazilib kelinmoqda. 2019 yil ushbu musoboqani xalqaro miqiyosida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”,
  • “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi”,
  • “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi”,
  • “Sport mahoratini oshirish”,
  • “Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi”,
  • “Milliy kurash turlari va uni o‘qitish  metodikasi”,
  • “Suzish va uni o‘qitish metodikasi”,
  • Tanlov fan: “Sport inshootlari va hakamlik nazariyasi”,
  • “Ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish”,
  • “Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish” 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

p.f.n. Sh.U.Sultonov,

p.f.n. I.X.Boymurodov,,

katta o‘qituvchi F.Qahhorov,

katta o‘qituvchi F.Eshpo‘latov,

katta o‘qituvchi B.Salaydinov,

katta o‘qituvchi F.Bobomurodov,

katta o‘qituvchi B.Begaliyev,

katta o‘qituvchi A.Umarov,

katta o‘qituvchi A.Hazratqulovlar

katta o‘qituvchi Ruziyev SH

o‘qituvchi Shodiqulov S

o‘qituvchi Ochilov R

o‘qituvchi Eshmatov G‘

o‘qituvchi Yomg‘urov G‘

o‘qituvchi Bo‘riyev K

o‘qituvchi Karimov B

o‘qituvchi Xudoyberdiyev B

o‘qituvchi Raxmonova G

o‘qituvchi Safarov A

o‘qituvchi Umarov O

o‘qituvchi Maxmarizayev X

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan sport tugaraklaridan:

Sport turi                                                        murabbiy

Yengil atletika (yigit-qiz)                                 Xudoyberdiyev B

Gimnastika                                                      Eshmatov G‘

Milliy kurash                                                   Umarov A

Futbol                                                              Qaxxorov F

Voleybol                                                          Safarov A

Basketbol                                                        Umarov O

Gandbol                                                           Bo‘riyev K 

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga qarashli ikki qavatli o‘quv korpusida 17 auditoriya, ma’naviyat xonasi, kutubxona mavjud.

Shuningdek kafedraga tegishli 1 ta yopiq sport inshoati, stadion, gimnastika shaharchasi, 1 ta ochiq  basketbol maydoni, 1 tennis korti mavjud. 

Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________