0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 5
SayozZo'r 

        Kafedra mudiri: q.x.f.n katta o‘qituvchi

        Xayriddinov Akmal Botirovich

        Telefon: (+99890) 607-44-33

        Elektron manzili: a.xayriddinov1975@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra 2018 yilda “Tuproqshunoslik” va “ekologiya” kafedrasini bulinishi natijasida tashkil etilgan. Kafedrada 7ta shtatda 6 nafar professor-o’qituvchi, shundan 3 nafari fan nomzodi, 3 nafari assistent-o'qituvchi, 2 nafar laborantlar faoliyat ko'rsatadi. Ilmiy salohiyat – 50,0%. Kafedrada 5141000- “Tuproqshunoslik” bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar auditoriyasi va zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan laboratoriya xonasi mavjud.

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi 

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish” deb belgilangan.

Mazkur yo’nalish bo'yicha kafedra mudiri A.Xayriddinov va J.Xushmurodovlar 1 ta uslubiy q’o’llanma, risolal va maqolalar nashr ettirishgan.

Kafedra mudiri  A.Xayriddinov, shuningdek o’qituvchilar Z.Uzoqov, F.Boboyev, J.Xushmurodov va Sh.To’ychiyevlar doktorlik dissertatsiyasi bo'yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

Kafedra o‘qituvchisi Diyorova Muhabbat Xurramovna 2018 yil “Oltingugurtli sanoat chiqindilarini cho’l mintaqa tuproqlari va ba’zi mevali daraxtlarga ta’sirini yaxshilash yo’llari” mavzusida 03.00.13 - biologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini yoqladi.

Kafedra о‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda xalqaro yer kuniga bag‘ishlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, о‘rta ta’lim maktablarining faol yoshlari bilan «Ona yerni asraylik» «Tuproq unumdorligini oshirish» kabi tadbirlar о‘tkazib kelinmoqda.

  

Kafedra aloqalari

Kafedra tomonidan Moskva K.A. Timiryazev nomidagi Qishloq xo‘jalik akademiyasi, Pushshina shahridagi Tuproq ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, V.V. Dokuchayev nomidagi tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, O‘zPITI, O‘zTITI, O‘zMU, Respublika Agrokimyo va tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, ToshAU, QarMII, Qashqadaryo viloyati Agrokimyo stansiyasi, Qashqadaryo viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan o’zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.Kafedra O'zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, kabi oily ta’lim muassasalari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi. Kafedra hamda Nijniy-Novgorod DU, o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik va xalqaro shartnomalariga asosan Nijniy-Novgorod DU, professor-o‘qituvchilari va ilmiy hodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston hududi bo‘ylab (Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlari) cho‘l, yarim cho‘l, dasht, tog‘ va tog‘ oldi tabiiy hududlari tuproqlari, o‘simliklar va hayvonot dunyosini kadastr qilish va ekologik holatini o‘rganish bo‘yicha 2015 yil 1-30 may, 2017 yil 1-30 sentabr kunlari halqaro ilmiy ekspeditsiyasi o‘tkazildi.  

Kafedra qoshida SH.To‘ychiyev rahbarligida “Yosh tuproqshunos” to'garagi faoliyat ko'rsatib, unda 20 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan. 

  

Kafedrada o'qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

  • Tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish
  • Tuproqshunoslik
  • Umumiy dehqonchilik va o‘simlikshunoslik
  • Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
  • Tuproqshunoslik asoslari
  • Tuproqlar geografiyasi
  • O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘itlar
  • Tuproq kimyosi va fizikasi
  • Tuproq melioratsiyasi
  • Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash
  • Tuproqni xaritaga tushirish
  • Paxtachilik
  • O‘zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish
  • O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Xayriddinov Akmal Botirovich - q.x.f.n, kafedra mudiri
  • Bobonorov Rustam Samadovich- q.x.f.n
  • Diyorova Muxabbat Xurramovna –B.f.b.f.d. katta o‘qituvchi
  • Uzoqov Zafar Zoirovich- о‘qituvchi
  • Xushmurodov Jobir Panjiyevich- о‘qituvchi
  • Boboyev Farrux Farhodovich- о‘qituvchi
  • To’ychiyev Shuhrat Shovkatovich- Laborant
  • Mansurova Marg’uba Akbarovna-Laborant

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Xayriddinov A.B. -03.00.13 – Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Issiqxonalarda alternativ geotermal energiyadan foydalanishning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri” 

Uzoqov Z.Z-03.00.11Agrokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Og‘ir metallarni sabzavot-poliz ekinlari hamda ho‘l mevalarda to‘planishi va hosildorlikni ekologik holati”

Boboyev F.F-06.01.04-Agrokimyo ixtisosligi bo’yicha ,,Qashqadaryo viloyati sug’oriladigan tuproqlari sharoitida kaliy o’g’itining samaradorligi’’

Kafedra manzili: QarshiDU Tabiiy fanlar fakulteti 1-qavat 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________