0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Bo`lim boshlig`i: 

G’ulomov Otabek Xudoyberdiyevich

Telefon: (998 75) 221-21-04

Mobil tel: (998 97) 317-06-50

Electron manzil: otabek10@mail.ru

 

Qabul kunlari: Chorshanba (15-00dan 17-00gacha), Juma (15-00dan 17-00gacha)

 

Bo‘lim bosh mutaxassisi:

Xushmurodov Farrux Mirzomurodovich

Mobil: +998914591415

Electron manzil: farrux.xushmurodov86@mail.ru

 

 

Uning asosiy faoliyati universitetda O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va me’yoriy hujjatlari, Prezident farmonlari, universitet rektori buyruqlarining bajarilish monitoringini olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish, respublikada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, universitet ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazorat qilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Shtatdagi xodimlarning funksional majburiyatlari 

Bo‘lim boshlig‘i: 

- bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida bo'lim faoliyatini rejalashtiradi va uning bajarilishini ta’minlaydi. 

- bo‘lim xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘tadil muhit va mehnat intizomini ta’minlaydi. 

- yuqori tashkilotlarga talab qilingan ma’lumot va hisobotlarni belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etilishiga javob beradi. 

- universitet va bo‘lim tashkiliy tadbirlarida faol ishtirok etayotgan xodimlarni moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlab, ularni rahbariyatga taqdim etadi. 

Uslubchi: 

- ushbu lavozimga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi va u Ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig‘iga bo‘ysunadi. 

- uslubchi o‘z faoliyatini universitet rektori buyruqlari, o‘quv ishlari bo‘yicha rektor muovini talablari va bo‘lim boshlig‘i ko‘satmalariga muvofiq amalga oshiradi. 

- uslubchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda Hay’at qarorlarining universitetda bajarilish tahlilini doimiy ravishda amalga oshirib boradi. 

- yuqoridagi farmon, qaror va buyruqlarning universitetdagi ijrosi yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlab, ularni belgilangan tartib va muddatlarda Vazirlikka taqdim etilishini ta’minlaydi. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining maqsadi

Qarshi davlat universiteti ichki nazorat va monitoring bo‘limi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim sohasiga oid Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘satmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil etadi. 

Bo‘limning asosiy faoliyati va vazifalari 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  Hay’at qarorlari, buyruqlariga va bo‘lim o‘zining nizomiga muvofiq amalga oshiradi. 

Universitetda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishini amalga oshirish, shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va Ilmiy Kengash qarorlari, vazirlik va universitet bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat 

- Universitetda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlar qaror va farmoyishlarini, Vazirlik va Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet Kengash qarorlari va buyruqlari ijrosining nazoratini ta’minlash hamda ularnig monitoringini olib borish; 

- kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan talab va mehnat bozorini rivojlantirish, universitet moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish; 

- professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining nazoratini tashkil etib borish; 

- Qarshi davlat universitetida Davlat ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalarini amalga oshirish; 

- universitetda ta’limning holati hamda rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va yangilab borish; 

- universitetning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, universitet kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash; 

- universitetda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish; 

-universitetda ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatish; 

- professor-o'qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o’tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

- universitetdagi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’limlari faoliyatini tahlil qilish; 

- universitet moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish; 

- ayrim aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish. 

Bo‘limning kelajak rejalari 

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Qarshi davlat universiteti qarorlari va buyruqlarining bajarilishini fakultet, kafedra, bo'limlar bo‘yicha tahlil qilish va har oyda ularni jadval shaklidagi hisobotlarini tayyorlab, Vazirlikka taqdim etib borish; 

— universitet kafedralari va litseylarida davlat ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirib borish; 

— universitet va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo'ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish; 

— universitet faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb etish; 

— universitetda ta’limning holatini tahlili hamda uni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish va uni yangilab borish; 

— universitetning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, universitet  kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash; 

— universitetda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish; 

— universitetda ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko'rsatish; 

— professor-o'qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 

— monitoring natijasida topilgan ayrim kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i va bosh uslubchidan iborat. Uning asosiy faoliyati universitetda O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va me’yoriy hujjatlari, Prezident farmonlari, universitet rektori buyruqlarining bajarilish monitoringini olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish, respublikada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, universitet ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazorat qilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining istiqboldagi rejasi

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi istiqboli universitetda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va me’yoriy hujjatlarni bajarilish monitoringini sifatli olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishni kuchaytirish, respublikamizga raqobatbardosh sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, universitet ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazorat qilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi istiqbol rejasi quyidagilar hisoblanadi

— universitetni istiqbolda rivojlanishi hamda talabalar kontingentini hisobga olgan holda, bakalavriyat yo‘nalishi fakultetlarida hamda magistratura bo‘limlarida ichki nazorat va monitoring bo‘limi xodimlarini tashkil etish; 

— doimiy ravishda universitet professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy kompleksini yangilanganlik darajasini tahlil qilib borish ko‘zda tutilgan.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________