0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Markaz direktori: Fizika-matematika fanlari nomzodi:

Mallayev Amin Sayfulloyevich

Telefon: +99875 221-15-08

Elektron manzil: qardu_hm@edu.uz

Web-sayt: http://qashqadaryomom.uz/index.php/uz/ 

 

 

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti 1952-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. 1985-yilda viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti, 1993-yilda viloyat xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish instituti maqomlari berilgan. 2005-yilda institut viloyat xalq ta'limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 2015-yildan boshlab, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, 2017-yilda esa qarshi davlar universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi deb nomlanmoqda.

Malaka oshirish markazi tarkibida 6 kafedra:

1.Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi,
2.Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi,
3.Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus fanlar kafedrasi,
4.Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi,
5.Amaliy va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi,
6.Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mavjud.

Malaka oshirish markazi tarkibida quyidagi bo‘limlar mavjud:

1.O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi,
2.Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi,
3.Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi,
4.Ilg‘or pedagogik texnologiyalari va tajribalarni joriy etish bo‘limi,
5.Kadrlar bo‘limi,
6.Umumiy bo‘lim va arxiv,
7.Axborot-resurs markazi
8.Xo‘jalik ishlari bo‘limi

Markazga turli yillarda Xanafiy Sayfullin, Nabi Turdiyev, Abdulla Fattayev, Sattor Saidov, Said Sa’dullayev, Suyar Toshev, Ismat Xudoyberdiyev, Gulnoza Ernazarovalar rahbarlik qilgan.

2018-yil fevral oyidan boshlab fizika-matematika fanlari nomzodi, Mallayev Amin Sayfullayevich rahbarlik qilmoqda.

Malaka oshirish markazida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilgan. Markaz jamoasi tomonidan malaka oshirish ta’limining turli muammolari hamda umumpedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda.

Malaka oshirish markazida tinglovchilarni qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Malaka oshirgan tinglovchilar soni 1960-yillarda 3500-4000 nafarni, 1990-yillarda 4500-6000 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib malaka oshirayotganlar soni 8000 nafardan oshdi. Institut Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF tashkilotining hamkorlik dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________