Talabalar uchun qulay ijara xonadonlari o‘rganilmoqda

24-Avgust 2026, 04:44
Universitet yangiliklari

2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Qarshi davlat universitetining Filologiya va fizika fakultetlari tyutorlari tomonidan talabalarga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Qarshi shahridagi Beklar MFY mas’ullari bilan hamkorlikda mahalladagi namunali oilalarga tegishli xonadonlar o‘rganilib, ularning yashash sharoitlari, qulayligi va talabalar uchun mosligi ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar yakunida talabalarga tavsiya etiladigan ijara xonadonlari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Mazkur ishlar yangi o‘quv yilida talabalarning qulay, xavfsiz va munosib sharoitda yashashini ta’minlashga qaratilgan.