QarDU talabalari — National AI Hackathon finalida munosib natijalar!

24-Avgust 2026, 04:50
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan National AI Hackathon Qashqadaryo bosqichi o‘zining hayajonli final bosqichi bilan muvaffaqiyatli yakunlandi. Bir necha kun davomida ishtirokchilar jamoaviy ishlash, mentorlar tavsiyalaridan foydalanish va innovatsion yechimlarini takomillashtirish orqali o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Final bosqichida QarDU talabalari ham turli jamoalar tarkibida ishtirok etib, munosib natijalarni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin — Tibbiyot yo‘nalishi
Future Tech jamoasi a’zosi Kamola Botirova — QarDU Iqtisodiyot fakulteti talabasi.

3-o‘rin — Tibbiyot yo‘nalishi
TENA jamoasi a’zolari Azamat Karimov  va Laziza Ashirova — QarDU Iqtisodiyot fakulteti talabalari.

“Eng qiziqarli taqdimot” maxsus nominatsiyasi
Codify jamoasi a’zolari Elbek Ermo'minov — Iqtisodiyot fakulteti talabasi, Navro‘zbek Norboboyev — Fizika fakulteti talabasi hamda Sevinch Tangirova — Xorijiy tillar fakulteti talabasi. Talabalarimizni ushbu yuksak natijalar bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!