Gulshoda Chamanovaga Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi guvohnomasi topshirildi

24-Avgust 2026, 04:52
Universitet yangiliklari

Xabaringiz bor, Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Chamanova Gulshoda Abdurahmon qizi San’atshunoslik (musiqashunoslik) yo‘nalishi bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan edi. 19-avgust kuni stipendiyaning ilk g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tib, Gulshoda Chamanovaga “Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi” guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. Gulshodani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!