QarDU talabalari xalqaro para yengil atletika musobaqasida 7 ta medalni qölga kiritdi
6-Noyabr 2026, 04:58
Universitet yangiliklari
2–4-noyabr kunlari Toşkent şahridagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida “Uzbekistan Para Athletics Open Çampionşips 2026” xalqaro musobaqasi bölib ötdi. Kelgusi yil Toşkentda ötkaziladigan para yengil atletika böyiça jahon çempionati oldidan sinov musobaqasi hisoblangan mazkur turnirda 18 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportçi iştirok etdi. Xalqaro musobaqada Qarşi davlat universiteti Pedagogika, sport va sanʼat fakultetining talabalari munosib natijalarga erişib, jami 7 ta medalni qölga kiritdilar:
Durdona Axatova — 100 va 400 metrga yuguriş bahslarida 2 ta oltin medal;
Xudoybergan Jumanazarov — 1500 va 5000 metrga yuguriş bahslarida 2 ta bronza medal;
Jonibek Salimov — 400 metrga yuguriş bahsida kumuş medal;
Navroza Axmatova — disk uloqtiriş bahsida oltin, yadro itqitiş bahsida kumuş medal;
Behruz Zoirov — 1500 va 5000 metrga yuguriş bahslarida 2 ta bronza medal.
Şuningdek, universitet Sport faoliyati kafedrasi öqituvçisi Sevinçbek Husanov 400 metrga yuguriş bahsida bronza medalga sazovor böldi. Ğolib va sovrindorlarni tabriklaymiz, ularga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!