FAKULTET TARIXI
Qarshi davlat pedagogika institutida 1965-yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 1968-yil 4-dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992-yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet “Xorijiy tillar ” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011-yil) Roman-german filologiyasi, 2014-yil 30-iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8-iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o`zgartirildi.
Xorijiy tillar fakulteti talabalari 2019-yilda turli nomdagi davlat stipendiyalariga sazovor bo’lgan. Jumladan, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri A.Zoirova ilmiy rahbarligida ushbu yo’nalish 3-kurs talabasi A’zamova Gulnoza “Islom Karimov”, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi D.Turayeva ilmiy rahbarligida 4-kurs talabasi Jo’rayeva Mohira, ushbu kafedra o’qituvchisi Sh.Nashirova ilmiy rahbarligida 3-kurs talabasi Yusupova Mushtariy “Navoiy” nomli davlat stipendiyalari sohibi bo’lgan.
Fakultet ma'muriyati
Xorijiy tillar fakulteti dekani
Qabul vaqti: Har kuni 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon: (+998)
E-mail:
Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),
Axmedov Anvar Botirovich,
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+99891) 211 16 02
E-mail: axmedovanvar1974@gmail.com
Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Tursunov Jahongir Aminovich,
Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: (+99891) 455 75 79
E-mail: jakhongirtursunov@gmail.com
Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Xo’jayorov Malik Berdimurodovich,
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+99891) 166 11 17
E-mail: mxojayorov@mail.ru
Fakultet dekanining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari
Farmonov Nurbek Pulatovich,
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+99897) 950 06 20
E-mail: nfarmon87@mail.ru
Fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari
Suyarov Nurbek Rustamovich,
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+99891) 132 28 85
E-mail: n7suyarov@mail.ru
FAKULTETNING HAMKORLIK ALOQALARI
Fakultet professor-o’qituvchilari “Shurtangaz”, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Tallimarjon GRESi, Koson yog‘-ekstraksiya zavodi, Qarshi Termoplast zavodi, “Ko‘kdumaloq-Gaz” kabi sanoat korxonalari qurilishida tarjimonlik qilish bilan birga, texnik hujjatlarni chet tillarga tarjima qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Xorijiy tillar fakultetining xalqaro aloqalari Mustaqillik yillarida, ayniqsa, kengaydi. Shu bois, fakultetga chet ellik mutaxassislar tez-tez kelib turadi. 2010-yildan boshlab Koreyaning “KOIKA” tashkiloti ko‘ngillilar dasturi asosida tashkil etilgan “Koreys tili”ni o‘rgatish kursi tashkil etilgan bo’lib, so’nggi ikki yilda Park Jen Ge Un va Leye Jeong Yun talabalarga koreys tilidan saboq bermoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib, grant sovrindorlari bo‘lgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari jahonning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirgan. Jumladan, dotsent G’.K.Xo‘jayev Germaniyaning Berlin, Erfurt va Muyunxen shahridagi Gyote institutda, M.Choriyev, V.Jumanov, A.Aliqulov, P.Qurbonov, D.Ochilova, N.Jumayeva London Metropoliten va Shimoliy London universitetlarida, G.Qushayeva, G.Sodiqova Xitoyning Shanxay universitetida, G.Qushayeva, M.Doniyeva, A.Mahmudov? A.Axmedov Germaniyada, dots. G‘.Xo‘jayev, o‘qituvchilar K.Baratova, A.Mahmudov Xitoyning Shanxay universitetida malaka oshirgan.
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zMU, O‘zDJTU, SamDChTI, BuxDU va boshqa oliy ta’lim muassasalarii bilan bir qatorda, Berlin Humboldt universiteti, Myunxen Gyote instituti, Shimoliy London universiteti hamda Rossiyaning Moskva davlat lingvistika unversiteti, Moskva davlat pedagogika universitetlari bilan ilmiy-madaniy sohada hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Xalqaro aloqalarni kengaytirish natijasida Nemis tili va adabiyoti kafedrasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Gyote instituti, DAAD (nemis akademik almashuv xizmati)dan 2 million so‘m, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasidan 1,5 million so‘m, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Britaniya Kengashidan 2 million so‘m miqdorida o‘quv adabiyotlar olishga muvaffaq bo’ldi.
Fakultetga 1992- yilda Irlandiyalik Eduard Kaalm, 1993- yilda Daniyalik olima Monika Petersen, 1998- yilda Germaniyaning Hamburg universiteti professori Shaumberg, 2002- yilda doktor Xaynrix Shule rahbarligida Germaniyaning Xoxenxaym universiteti olimlari, aspirant va magistrlari, 2002-yilda avstriyalik mutaxassislar Elke va Martin Guzenbauerlar, 2003- yilda DAADning mintaqaviy rahbari doktor Eva Portius, 2004- yilda Germaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimi O‘ta Ryorber, 2005- yilda DAAD rahbari Matias Klingenberg, 2007- yilda Manya Husner, 2008- yilda Otto fon Bismark fondining ilmiy xodimi doktor Rayner Bendik, 2009- yilda Koreya elchixonasi xodimi Kim Dong Xo va Shin Liliana tashrif buyurdi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Kuvanova Shahnoza tarjimonlik bo’yicha Gernaniyada o’tkazilgan seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 2010 yilda dotsent G’.Xo’jayev, katta o’qituvchi A.Mahmudov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi granti sovrindori bo'lib, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida, 2015 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi granti sovrindori sifatida katta o’qituvchi A.Axmedov Germaniyaning Bremerhafen amaliy fanlar universitetida, katta o’qituvchi A.Maxmudov Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, 2011 yilda A.Axmedov Berlin Gyote institutida, 2013 yilda kafedra o’qituvchilari Sh.Kuvanova Germaniyaning Shvebish Hal Gyote institutida, N.Mahmudova Berlin Gyote institutida malaka oshirgan.
2009 yilda “Fakultetlararo xorijiy tillar” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri katta o’qituvchi Parda Qurbonov 1989 yil Vengriya, 2001 yil Janubiy Koreyadagi SIVAT universiteti, 2008 yil Buyuk Britaniya East Angliya universiteti, 2011-2012 yillar ERASMUS MUNDUS dasturi g'olibi sifatida Slovakiyadagi Konstantin Falsafa universitetlarida tajriba almashib kelgan.
Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari T.Shermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayev Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning La Roshel shahridagi SEMEA o‘quv markazida, 2013 yilda Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazida, 2017 yilda Xitoy Shenyan pedagogika universitetida, 2018 yilda Fransiyaning Tus shahridagi Turin universitetida malaka oshirgan.
FAKULTET KAFEDRALARI
Xorijiy tillar fakultetida bugungi kunda 1540 nafar talaba tahsil oladi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Bakalavriyat:
5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili);
5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili);
5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili);
Magistratura:
5A120102 – Lingvistika (ingliz tili)
Hozirgi kunda fakultetda 99 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 5 nafari fan nomzodi, dotsent; 3 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 19 nafar katta o‘qituvchi, 73 nafar assistent-o‘qituvchilardir,
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
Ingliz tili va adabiyoti
Ingliz tili o’qitish metodikasi
Lingivistika
Nemis tili va adabiyoti
Fransuz tili va adabiyoti.
YAKUNIY NAZORAT JADVALI: