0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

EVROPA ITTIFOQINING «ERASMUS+» DASTURI LOYIHALARI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti Yevropa Ittifoqining «Erasmus+» dasturining 3ta loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda. 1. 573703–EPP-1-2016-1-BE-EPPKA2-CBHE-SP «UzDOC 2: O‘zbekiston oliy ta’lim muaassasalarida doktorlik ta’limi sifatini yaxshilash» 

 

1. 573703–EPP-1-2016-1-BE-EPPKA2-CBHE-SP «UzDOC 2: O‘zbekiston oliy ta’lim muaassasalarida doktorlik ta’limi sifatini yaxshilash» 

Loyihaning maqsadi: Yevropa oliy ta’lim tizimining tamoyillariga muvofiq holda O‘zbekistonda doktorlik ta’limi sifatini oshirish; 

Loyihaning vazifalari: 

O‘zbekiston hamkor OTMlarda doktorantura markazlarini sifatli boshqarish; 

O‘zbekiston va Yevropa OTMlari doktorlik ta’limining normativ-huquqiy bazasini o‘rganish; 

Yevropa tajribalarini o‘rganish orqali O‘zbekiston doktorantura ta’limi sifatini oshirishning milliy standartlarini ishlab chiqish 

Grantxolder: UNICA (Belgiya ); Loyiha budjeti: 651 017 00 yevro; 

Loyiha muddati: 15.10.2016-14.10.2019y.y. 

Batafsil veb-sahifa: http://www.uzdoc.eu/ 

Loyiha hamkorlari: 

Yevropa Poytaxt universitetlar tarmog‘i UNICA (Belgiya ) 

Loranda Etvesh nomida Universitet (Vengriya), 

Turin Politexnika Universiteti (Italiya), 

Granada universiteti(Ispaniya), 

Erkin Bryussel universiteti(Belgiya) 

O‘zbekiston OTMlari: 

Qarshi davlat universiteti, 

Qaraqalpoq davlat universiteti, 

Namangan davlat universiteti 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 

Toshkent Moliya instituti, 

Toshkent kimyo texnologiya instituti,

O‘zbekiston davlat Madaniyat va san’at instituti 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 

  

2. 574253–EPP-1-2016-DE-EPPKA2-CBHE-JP«MAGNET: O‘zbekistonda o‘rta yoshdagilarni kasbiy ta’lim va o‘qitish markazlari tarmog‘ida universitet tayanch hamkor sifatida» 

Grantxolder: Leypsig Amaliy fanlar Universiteti (Germaniya); Loyiha umumiy budjeti: 646 471 00 yevronitashkil etadi. QarDU uchun 80 662,00 yevro. 

Loyihaning maqsadi: Ishsiz o‘rta yosh aholini kasbga yo‘naltirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali davlatning ijtimoiy siyosatiga ko‘maklashish. 

Loyihaning vazifalari: 

1. Karyera markazini tashkil etish;
2. Ishsiz o‘rta yosh aholi uchun treninglar o‘tkazish;
3. Karyera markazlari NETWORK faoliyatini tashkil etish. 

Loyiha muddati: 15.10.2016-14.10.2018й.й. 

Yevropa hamkorlari: 

1. Guarda Politexnika instituti (Portugaliya)
2. Latviya Madaniyat Akademiyasi qoshidagi Latviya madaniyat kolleji,
3. Ruminiyaning “Dinareya de Jos” Galats universiteti 

O‘zbekiston hamkor OTMlari va noakademik tashkilotlari: 

Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, 

Farg‘ona davlat universiteti, 

Qarshi davlat universiteti, 

Nukus davlat pedagogika instituti, 

O‘zbekiston qishloh xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Andijon filiali, 

Andijon mehnat va ijtimoiy ta’minot bo‘limi 

Farg‘ona mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi, 

Qishloh xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Farg‘ona filiali, 

Qarshi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi, 

Qashqadaryo viloyati “Tadbirkor ayollar uyushmasi”, 

Qoraqalpoqiston Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublika “Mahalla”aholini ijtimoiy himoya qilish xayriya fondi Qoraqalpoqiston filiali

 

3. 574055–EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP «RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish» 

Loyihaning maqsadi: 

O‘zbekistonda davlat muassasalari/jamiyati, sanoati ekologik va energiya muammolarini mahalliy va mintaqaviy darajada hal qilishga ega bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi mutaxassis - muhandisning yangi profilini yaratish. 

Loyihaning vazifalari:

1. O‘zbekiston hamkor OTMlarida (QarDU, UrGU, ADU, GulDU, TAYI, TUPU) qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida mavjud bo‘lgan magistrlik dasturlarini yangilash/qayta ishlab chiqish va yevropaning ECTS tizimidagi yangi magistrlik dasturini kiritish; 

2. Barqaror atrof-muhit va qayta tiklanuvchi energiya holatini baholash uchun laboratoriyalar tashkil etish 

3. O‘zbekiston hamkor OTMlari professor-o‘qituvchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida salohiyatini oshirish; 

4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit bo‘yicha, ma’lumot va axborotlarni yetkazitshni takomillashtirish bo‘yicha davlat tashkilotlari, korxona, ta’lim muassasalarida o‘quv seminarlarni tashkil etish, ta’lim – innovatsiya, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish; 

Grantxolder: L`Akuila Universiteti (UNIVAQ (IT), Italiya, Loyiha budjeti: 850 975 00 yevro;QarDU uchun 83.480,00 yevro  Loyiha muddati: 15.10.2016-15.10.2019 yilgacha. Batafsil: www.renespluz.uz saytida 

Loyiha hamkorlari: 

Yevropa 4ta OTMlari: 

L`Akuila Universiteti (UNIVAQ (IT), Italiya – koordinator; 

Berlin Texnika Universiteti TUB (DE),Germaniya; 

Shvetsiya Texnologiya Qirolligi instituti KTH (SE), Stokgolm 

Sofiya Ximiya-texnologiya va metallurgiya Universiteti UCTM (BL), Bolgariya 

O‘zbekiston 6ta OTMlari va noakademik tashkilotlar: 

Andijon davlat universiteti 

Guliston davlat universiteti 

Qarshi davlat universiteti 

Urgench davlat universiteti 

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti 

Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 

Quyosh energiyasi xalqaro instituti MIRSOLAR LTD 

Andijon tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________