0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

MAXSUS SIRTQI BO'LIM

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Bo‘lim boshlig‘i: 

Tog‘ayev Shavkat Xurramovich

Telefon: 221-21-17

Elektron pochta: Shavkat.65@bk.ru

SH.X.Tog‘ayev 1965 y. tug‘ilgan. 1995 yil O‘zbekiston Milliy Universiteti (sobiq ToshDU) Falsafa  fakultetining Falsafa bo‘limini tugatgan.

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 3 monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy-ommabop risola, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Ilmiy yo‘nalishi: 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa. "Milliy mafkurani rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularni intellektual, estetik va jismoniy barkamol rivojlantirish, ularga ta’lim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarning yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.
Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan o‘qituvchilarni tayyorlash orqali ushbu muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ularda dars berayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish  katta ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori aynan shu vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan. 

Qaror asosida 2017-2018 o‘quv yilidan respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning chekka tumanlarida, qishloq joylarida faoliyat olib borayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat markazlaridagi oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumot olishlari uchun sharoit yaratdi. 

Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha OO‘MTV 2017 yil 12 avgustdagi 559-son buyrug‘i hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2017 yil 21 avgustdagi 463-I-sonli buyrug‘i asosida universitetda sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim tashkil etildi. 

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi kunda bo‘limda 7 ta: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5111100 - Musiqa ta’limi, 5112100 - Mehnat ta’limi, 5112000 - Jismoniy madaniyat  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Bo‘limda dars berish uchun universitetning yuqori salohiyatga ega 45 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Shuningdek, 2018/2019 o‘quv yildan boshlab  universitetda  9 t a: 

5110700 -Informatika o‘qitish metodikasi, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5112000 - Jismoniy madaniyat, 5120101-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, 5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 5140100-Biologiya (turlari bo‘yicha), 5210200-Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), 5231600-Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim  xamda  ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim berish yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Talabalarni masofadan turib o‘qitish uchun on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va off-layn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarida ishlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratilmoqda  va internet manzili orqali maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofadan turib o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga kelmoqda.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________