“Lochin” g‘alabali seriyani davom ettirmoqda!

24-Aprel 2025, 05:19
Universitet yangiliklari

Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Do‘stlik” stadionida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan birinchi liga 2-tur uchrashuvlari doirasida qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon — “Kattaqo‘rg‘on” jamoasi Qarshi davlat universiteti “Lochin” futbol klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov yurtimizda futbolga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi va har ikki jamoaga omad tiladi. Muxlislar olqishi ostida va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan bellashuvda “Lochin” jamoasi raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur g‘alaba bilan jamoamiz musobaqadagi ikkinchi uchrashuvida ham zafar quchib, g‘alabali seriyani davom ettirdi. Jamoamizni Qarshi davlat universiteti nomidan chin qalbdan tabriklaymiz va keyingi bahslarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz! Eslatib o‘tamiz, “Lochin” birinchi turda “Nasaf-Farm” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.  Navbatdagi uchrashuv 25-aprel kuni Beshkent shahar “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda jamoamiz o‘z maydonida Buxoro davlat universiteti jamoasiga qarshi bahs olib boradi.