Yolqin To‘raqulov – o‘zbek ilm-fanining yirik namoyandasi

21-May 2026, 06:24
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti Fiziologiya kafedrasi tomonidan O‘zbekiston fanining yetuk vakili, biokimyogar va endokrinolog olim, akademik Yolqin Xolmatovich To‘raqulovning 110 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda biologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. Dastlab fakultet dekan o‘rinbosari O’.Norchayev olimning hayot yo‘li va boy ilmiy merosi haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shundan so‘ng Fiziologiya kafedrasi mudiri, professor Y.Rahmatullayev so‘zga chiqib, olimning ilmiy faoliyatiga to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, Yolqin To‘raqulov o‘zbek biokimyogarlari va endokrinologlari ilmiy maktabiga asos solgan, qalqonsimon bez faoliyati hamda tireoid gormonlar biokimyosi bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borib, ushbu yo‘nalishda muhim natijalarga erishgan. Ilmiy yutuqlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Jasorat” va “Shuhrat” ordenlari bilan taqdirlangan. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, davra suhbati mazmunli va qizg‘in ruhda yakunlandi.