Xotin-qizlar salomatligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bag‘ishlangan tadbir
Matematika va kompyuter ilmlari, Kimyo-biologiya hamda Fizika fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari va talabalar ishtirokida xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda sog‘lom oila va sog‘lom avlod jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekani ta’kidlandi. Xotin-qizlarning oilada sog‘lom muhit yaratish, to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena va salomatlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni alohida qayd etildi. Shuningdek, reproduktiv salomatlikni asrash ayollar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom farzand dunyoga kelishini ta’minlash hamda oilaviy farovonlikni oshirishga xizmat qilishi haqida fikrlar bildirildi.