Xavfsiz hudud — xavfsiz talaba: profilaktik chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

21-May 2026, 06:28
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakultetida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish” hamda “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani L.Kamolov, dekan o‘rinbosari O‘.Norchayev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda xavfsiz ta’lim muhiti, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya va firibgarlik holatlariga qarshi kurash, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari haqida so'z bordi. Yakunda ushbu mavzularni “Ma’rifat soatlari” orqali doimiy targ‘ib etish belgilandi.