Fitrat ijodi va merosi — ma’naviy-ma’rifiy tadbirda
21-May 2026, 06:30
Universitet yangiliklari
Filologiya fakultetida atoqli jadid namoyandasi, shoir, yozuvchi, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda so'z olganlar tomonidan Fitratning boy ilmiy va adabiy merosi, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi. Tadbir davomida “Adabiyot qoidalari” asari asosida tarbiya, ma’naviyat va milliy uyg‘onish g‘oyalari chuqur tahlil etildi. Talabalar Fitrat ijodi orqali milliy qadriyatlar va ma’rifatparvarlik ruhini yanada chuqur anglash imkoniga ega bo‘ldilar.