Ilm va izlanish yo‘li: akademik T.Dolimov faoliyati
Geografiya va agronomiya fakultetida Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik To‘rabek No‘monovich Dolimov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda olimning boy ilmiy merosi, geologiya, paleontologiya va vulkanizm sohalaridagi ilmiy izlanishlari, shuningdek, yaratgan ilmiy maktabi va yetishtirgan shogirdlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ko‘p yillik ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati davomida T.Dolimov 200 dan ortiq ilmiy maqola, 20 ta monografiya, 2 ta lug‘at, 4 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, bir qator ilmiy hisobotlar hamda geologik xaritalarni yaratgan. Geografiya kafedrasi dotsentlari B.Eshboyev va P.Qurbonov tomonidan akademikning ilmiy faoliyati, geologiya faniga qo‘shgan ulkan hissasi hamda soha rivojidagi xizmatlari talabalarga atroflicha yetkazildi. Tadbir yakunida talabalarda olimning ilmiy merosiga hurmat, fanga qiziqish va tadqiqotga intilish ruhini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.